Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Prezident Tramp Eronga hujumni eng so‘nggi daqiqada bekor qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Tehron tomonidan Pentagonning uchuvchisiz boshqariladigan uchog‘i urib tushirilishiga javoban Eronga qarshi belgilangan hujumni bekor qildi.


The New York Times gazetasining Oq uydagi manbaga tayangan holda yozishicha, “samolyotlar havoga ko‘tarilgan, kemalar jangovar pozitsiyaga keltirilgan, ammo hali birorta raketa otilib ulgurmagan so‘nggi daqiqada Tramp hujumni bekor qildi”.


AQSh prezidenti nega o‘z qaroridan voz kechgani maqolada aytilgan emas. Hozircha AQSh Eronga hujum qilish rejasidan butunlay voz kechgani yoki kechmagani to‘g‘risida ham aniq ma’lumot yo‘q.


The New York Times gazetasining bildirishicha, 20 iyun kuni kechqurun soat 7da milliy xavfsizlik sohasining yuqori darajali amaldorlari va Kongressdagi liderlar ishtirokida Oq Uyda bahsu-munozaralarga boy bo‘lgan yig‘ilishdan so‘ng Eronga hujum qilinishi aniq bo‘lgan.


Xabarda aytilishicha, hujum 21 iyun – juma kuni ertalab amalga oshirilishi kelishilgan. Hujum paytida Erondagi bir qator manzillar, jumladan, radiolokatsion va raketa batareyalarini yo‘q qilish rejalashtirilgan.


Associated Press agentligi ham Pentagon rasmiysiga tayangan holda mana shunday reja ishlab chiqilganini, ammo so‘nggi daqiqada Tramp hujumni bekor qilganini yozdi.


Bu voqeadan avvalroq Eron AQShning uchuvchisiz boshqariladigan uchog‘ini urib tushirgan edi. Eron hukumatining bildirishicha, AQSh uchog‘i mamlakat chegarasini buzib o‘tgani ortidan urib tushirilgan.


Ammo Pentagon uchoq betaraf hududda, dengiz ustida urib tushirilganini ma’lum qildi.


Tramp bu voqeaga baho berar ekan: “AQSh uchog‘i xatolik tufayli urib tushirilgan bo‘lishi ehtimol”, degan versiyani aytgan edi. Tramp Eron AQSh uchog‘ini “maxsus urib tushirganiga ishonish qiyin ekani”ni ta’kidlagan.


Tramp 2015 yilda AQSh Eron bilan tuzilgan xalqaro shartnomadan chiqishini e’lon qilganidan beri ikki davlat munosabatlari keskinlashib bormoqda.


Eronga qarshi tahdidlarni kuchaytiraëtgan Tramp ma’muriyati iqtisodiy sanksiyalarni qayta joriy qildi.


Fors ko‘rfazi hududida keyingi oylarda neftь tankerlariga ikki marta hujum qilindi. Saudiya Arabistoni hamda AQSh hujumlar ortida Eron turganini aytib keladi.


Ekspertlar AQSh va Eron o‘rtasida qurolli konflikt yuzaga kelishi ehtimolidan tashvish bildirib kelmoqdalar.

Читайте на сайте


Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. Абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city
Музыкальные новости
Новости России
Экология в России и мире
Спорт в России и мире
Moscow.media






Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *