World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

“Obod qishloq”: Hokimiyat uyini ta’mirlay olmayotganlarni uyini buzish bilan qo‘rqitmoqda

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi Toshrabot qishlog‘ida yashovchi ayrim oilalar “Obod qishloq” dasturi ijrosi doirasida mahalliy mulozimlarning o‘zlariga tazyiq qilayotganini aytmoqda. Ozodlikka bog‘langan toshrabotliklarga ko‘ra, mahalla ma’muriyati uyining old tomonini Mustaqillik bayramiga qadar ta’mirlamaganlarning uyi buzilishi va ishdan haydalishi bilan tahdid qilgan.

“Obod qishloq” dasturiga kiritilgan Qiziltepa tumanidagi Toshrabot qishlog‘ini obodonlashtirish ishlarini¸ dastlabki rejaga ko‘ra¸  31 dekabrgacha yakunlash belgilangan.


Biroq mahalla faollariga ko‘ra, hokimlik qishloqni obodonlashtirishni rejadan avval tugatib, "Mustaqillik bayramiga sovg‘a qilish"ni rejalashtirmoqda.


Ozodlikka murojaat qilgan ayrim toshrabotliklar iddaosiga ko‘ra, obodonlashtirishni tezroq tugatish uchun aholiga bosim va tazyiq qilinmoqda.


“Akam zavodda ishlaydi. Uyingizni tezroq ta’mirlamasangiz, zavoddan haydattiraman” deyishdi mahalladan kelib. Hisoblab ko‘rsak, 2 million so‘mdan ziyod pul ketar ekan uyimizning ko‘cha tomonini ta’mirlab, darvoza o‘rtanish uchun. Hozir buncha pulimiz yo‘qligini aytsak, “ishdan haydataman, uyingni buzaman”, deyishdi. Qo‘shnilarimizdan biri bankdan kredit olib, uyini shifer qildi, yana biri kreditga darvoza qo‘ydirdi. Lekin biz kredit olsak¸ uni qaytarish imkonimiz yo‘qligi uchun¸ nima qilishni bilmayapmiz”, deydi Toshrabot qishlog‘ida yashovchi yigit ismini ochiqlamaslik sharti bilan.




Qishloqliklarning aytishicha¸ ayni kunlarda Toshrabotdagi 10ta mahallada bir paytning o‘zida obodonlashtirish ishlari qizg‘in ketayapti. Xususan¸ Oqrabot mahallasida yashovchilardan biri¸ o‘z mahallasidagi kam ta’minlangan oilalarga mahalliy hokimlik tomonidan bosim o‘tkazilayotganini aytadi. 


“Masalan, mahallamizdagi bitta oilada otasi vafot etgan. Onasi maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. O‘g‘li kontrakt asosida o‘qiydi. Shularga mahalladan kelib, uyingni tezroq ta’mirlamasang, onangni ishdan haydab, uy-joyingni ekskavator bilan surib tashlaymiz” deyishdi. Eshitishimizcha, qarz olib uyini ta’mirlashga majbur bo‘lishibdi”, deydi oqrabotlik ayol.


Oqrabot mahallasi raisi Bekpo‘lat Karimov Ozodlik bilan suhbatda o‘z mahallasida aholiga tazyiq bo‘layotganini inkor qildi.


“Ta’mirlashga kuchi yetmaganlarga uyini buzish bilan tahdid qilish boshqa mahallalarda bo‘lishi mumkin. Buni men ham eshitganman. Lekin men bunday gap aytishga uyalaman. Vijdonim qabul qilmaydi. Bu gapni aytgandan ko‘ra, kuchi yetmasa, tadbirkorni olib kelib, uyini ta’mirlab beraman. Yoki bankdan kredit olishni taklif qilamiz. Mahalladagi 50 foiz odam kreditga uyini shiferlab, darvoza o‘rnatdi”, dedi Bekpo‘lat Karimov.


Karimovga ko‘ra, bu mahallada 553 ta xonadon bo‘lib, hozirda uylarni oqlash, ta’mirlash ishlarining 60 foizi yakunlangan. Karimov obodonlashtirish va ta’mirlash ishlarining 1 sentabrgacha yakunlash rejalanganini tasdiqladi.




Toshrabot qishlog‘idagi boshqa bir mahalla faoliga ko‘ra, ko‘chalarni asfalt qilish va mahallalarga vodoprovod quvurlarini tortish uchun byudjetdan mablag‘ ajratilishi rejalangan, biroq mulozimlar ularga bu ishlarni homiylar hisobiga qilishni topshirgan.


“Hozir sponsor izlayapmiz. Tadbirkorlarimizdan iltimos qilayapmiz. Hali sponsor topganimizcha yo‘q. Mustaqillik bayramigacha ulgurmoqchimiz”, dedi ismini ochiqlamaslikni so‘ragan mahalla faoli.


​Qiziltepa tuman hokimligining Ozodlik bog‘langan mulozimi “Obod qishloq” dasturi prezident qarori doirasida amalga oshirilayotgani, byudjetdan ajratilgan mablag‘lar ham maqsadli sarflanayotgani va aholini majburlash holatlari yo‘qligini ta’kidladi.




27 iyun kuni o‘tgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoev bu borada qilinayotgan ishlarni tanqid qilib, jumladan, dasturni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar masalasida rahbarlar sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganini ta’qidladi.


"Joylardagi haqiqiy ahvolni biz xalqimizdan yashirmaymiz va borini qanday bo‘lsa, shunday ko‘rsatib boramiz. Albatta, bu ko‘pchilikka yoqmayapti, ko‘p rahbarlar buni hazm qila olmayapti. Lekin biz bu boradagi barcha holatni va boshlagan ishlarimizni xalqimiz bilan bamaslahat va jamoatchilik nazorati ostida amalga oshiramiz", dedi Mirziyoev.


Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, joriy yilda “Obod qishloq” dasturi uchun 3 trillion 447 milliard so‘m mablag‘ sarflanishi rejalangan bo‘lib, jami joriy yilda 159 ta tumandagi 386 ta qishloqda qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.


O‘zbekiston prezidentining shu yil 29 mart kungi farmoniga ko‘ra, “Obod qishloq” dasturi davlat byudjeti va maqsadli jamg‘armalar mablag‘lari, mahalliy byudjet va uning qo‘shimcha mablag‘lari, tarmoq korxonalarining mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlatlarning grant mablag‘lari, “Mahalla” jamg‘armasining va boshqa tashkilotlarning homiylik xayriyalari, tashabbuskor tadbirkorlar mablag‘lari, hasharlar va xayriya tadbirlarini o‘tkazish hisobidan tushadigan mablag‘lar hisobidan moliyalanishi ta’kidlangan.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Синоптик Ильин рассказал о погоде в Москве в начале октября

Рекламное агентство внука Пугачевой Дени три года работает в убыток

Многие финны искренне уважают Россию, заявил посол РФ

Летный и инженерно-технический состав в Московском авиацентре готовят к осенне-зимнему сезону

Музыкальные новости

Акции Газпрома на Московской бирже поднялись на 1,76% после поручения Путина

В Москве ежегодно состоялся юбилейный, всероссийский, патриотический гала-концерт «Проза и поэзия» «Россия - семья семей»

С номером 666. Audi влетела в фуру на скорости 300 км/ч в Подмосковье

Лавров заявил о превращении союза США и Южной Кореи в тройственный блок с Японией

Новости России

Москвичам спрогнозировали до 23 градусов тепла в субботу

ПЕЛЕДУЙ: Давненько вы не радовали своими глупостями (фельетон)

Делайте взносы! Как в регионах справляются с дефицитом социальной инфраструктуры

В Феодосии завершается строительство жилого комплекса “Утесов”

Экология в России и мире

Фестиваль «Чистопрудный Fest» покажет исторические районы Москвы с необычной стороны

В городском округе Домодедово проведена агитационно-разъяснительная работа с населением о сохранности имущества.

Осень или организм: врач объяснил, кто виноват в усиленном выпадении волос

Маршрут автопоезда «Остановим ВИЧ в Свердловской области!» в текущем году включает 24 города региона

Спорт в России и мире

Пекин (ATP). 2-й круг. Котов сыграет с Коболли, Сафиуллин – с Синнером, Медведев – с Маннарино

Томми Пол уступил Томашу Махачу во втором круге турнира ATP-500 в Токио

Эйсинг-777 // Марин Чилич стал самым низкорейтинговым чемпионом турнира АТР

Токио (ATP). 1-й круг. Хуркач сыграет с Гироном, Берреттини – с ван де Зандшульпом

Moscow.media

Колымская красненькая...

В городском округе Домодедово проведена агитационно-разъяснительная работа с населением о сохранности имущества.

Сегодня свой 65-летний юбилей отмечает Заслуженный спасатель Российской Федерации, член Высшего Совета Общероссийской общественной организации "Российский союз спасателей" Литюк Николай Петрович

Стоит ли отдавать ребенка в частную школу?







Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *