Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko AQShning sanksiyalarni bekor qilishi evaziga 123 nafar mahbusni afv etdi. Ular orasida Belarus muxolifati yetakchilaridan biri Mariya Kolesnikova, bankir Viktor Babariko va 2022-yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Ales Belyatskiy bor.