1-yanvardan dvigatel hajmi 1000 va 1200 sm kubgacha bo‘lgan kam litrajli avtomobillar importi uchun imtiyozli bojxona bojlari amal qilishdan to‘xtadi. Ushbu imtiyozlar 2023-yilda ichki bozorda raqobat muhitini rivojlantirish va yengil avtomobillarni aholi uchun yanada hamyonbop qilish maqsadida joriy etilgan edi.