O‘zbekistonda kam ta’minlangan oilalar elektr energiyasi va tabiiy gaz xarajatlari uchun kompensatsiya olish maqsadida onlayn tarzda murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Yangi tartib 2026-yil 1-fevraldan kuchga kirib, arizalar, jumladan, yagona portal orqali qabul qilinadi.