2025-yilda 17,3 mingdan ziyod yoshga xalqaro imtihonlar xarajatlari kompensatsiya qilindi. Bunda jami 38,7 mlrd so‘m mablag‘ qaytarib berildi. Eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri, Samarqand va Buxoro viloyatlarida kuzatildi. Yuqori daraja olib, xarajati qoplanganlarning 51 foizdan ortiq ayollardir.