IIV Taftish.uz xodimlariga qo‘yilgan ayblovlar tafsilotini ochiqladi. Vazirlik aybloviga ko‘ra, sayt xodimlari fuqaro, bozor ma’muriyati va tadbirkordan videomateriallarni o‘chirish evaziga mablag‘ talab qilgan. Idora ushbu shaxslardan jabrlanganlarni Tergov departamentiga murojaat qilishini so‘ragan.