1-fevraldan boshlab ilk bor ID karta berilayotganda unga elektron raqamli imzo sertifikati ilova qilinadi. Bundan tashqari, fuqarolar avtomatik ravishda “Elektron hukumat” tizimidan foydalanuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti qarorida aytiladi.