22−24-yanvar kunlari O‘zbekistonga nam va sovuq havo massalari kirib keladi, deya ogohlantirmoqda O‘zgidromet. Hududlarda qor yog‘adi, ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi, shamol tezligi kuchayadi. Harorat kechalari −3…−8, shimolda −12…−15 darajagacha pasayadi.