MB ayrim banklar kredit shartnomasi bo‘yicha kechiktirilgan to‘lov summasi uchun ortiqcha foizlar (180 foizgacha), karrasiga yuqori kunlik penya va asossiz jarimalar qo‘llayotganini ma’lum qildi. Banklar kreditni o‘z vaqtida undirishdan ko‘ra uning kechikishidan ko‘proq manfaatdor bo‘lib qolmoqda, deydi regulyator.