Prezidentga 2026−2030-yillarda qon bilan ishlash xizmatini takomillashtirishga oid takliflar taqdim etildi. Dasturda qon zaxiralarini uch baravar — 450 ming litrgacha, donorlar sonini esa 900 ming nafargacha oshirish ko‘zda tutilgan. Yiliga 20 tonna plazma ishlab chiqaradigan zavod qurish rejalashtirilmoqda.