Hokimlar bitiruvchi talabalarni 903 ta “og‘ir” mahalla bosh rejasiga jalb qilib, ularni chet ellik mutaxassisga biriktiradi, dedi prezident. Talabalar o‘rtasida mahalla bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Eng zo‘r loyihalarni ishlab chiqqan talabalar jamoasiga 100 mln so‘mdan mukofot beriladi.