O‘zbekistonda elektromobilda taksi xizmati ko‘rsatuvchi fuqarolarga davlat tashkilotlariga tegishli bo‘lgan, shu jumladan, aeroport va vokzallarning pulli avtoturargohlaridan 30 daqiqagacha bepul foydalanishga berish rejalashtirilmoqda. Ularga ijtimoiy soliqni to‘lashda 30 foizgacha chegirma taqdim etiladi.