O‘zbekistonda nafas olish yo‘llari va miya kasalliklariga olib keladigan Nipah virusi qayd etilmadi, uning mamlakatga kirib kelishi ehtimoli juda past, dedi Sanitar-epidemiologik farovonlik qo‘mitasi. Xorijga sayohat qilishni rejalashtirayotgan fuqarolarga profilaktika choralarini ko‘rish tavsiya qilindi.