Milliy statistika qo‘mitasi iste’mol narxlari indeksini hisoblashning yangilangan metodologiyasini joriy etadi. INIda hisobga olinadigan tovar va xizmatlar turi 7 taga ko‘payadi. Narxlar oyning 1−25 kunlari davomida kuzatiladi. INI bo‘yicha ma’lumotlar hisobot oyidan keyingi oyning 5 kuni e’lon qilinadi.