O‘zbekistonda 2025-yilda o‘rtacha oylik nominal ish haqi yillik hisobda 19% ga oshib, 6,4 mln so‘mga yetdi. Eng yuqori o‘rtacha oylik ish haqi poytaxtda (10,8 mln so‘m), eng past — Qashqadaryo viloyatida (4,5 mln so‘m) qayd etilgan. Ta’lim va sog‘liqni saqlashda o‘rtacha oylik ish haqi miqdori eng pastligicha qolmoqda.