2025-yili O‘zbekistonda o‘ta og‘ir jinoyat sodir qilgan uch nafar shaxsga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Oliy sudga ko‘ra, 2017-yildan buyon 31 kishiga shunday jazo chorasi qo‘llanilgan. Shuningdek, o‘tgan yili salkam 2,5 ming nafar voyaga yetmagan shaxs jinoyatga qo‘l urgani uchun sudlandi.