2025-yilda 673,3 mlrd so‘mlik 192 ta davlat xaridlarida qonunbuzarliklar aniqlandi. Antikorrupsiya agentligiga ko‘ra, 70 mlrd so‘mlik 60 ta xaridlar bekor qilingan. Qonunchilikni buzgan 14 kishiga ma’muriy, 12 nafariga intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan. 2 ta holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.