Hukumat bola tug‘ilganda beriladigan suyunchi pulini avvalgi tartibga qaytarishni rejalashtirmayapti. To‘lovlar faqat birinchi farzand uchun kafolatlanadigan amaldagi tizim 2026-yilda ham saqlanib qoladi. Suyunchi puli uchun budjet xarajatlari esa ketma-ket uchinchi yil qisqarmoqda.