O‘zbekistonda sudyalarni tashkiliy ishlardan ozod etuvchi sud ma’murchiligi instituti joriy etiladi. Sudyalar oliy kengashi raisi Xolmo‘min Yodgorovning so‘zlariga ko‘ra, bunday amaliyot AQSh, Yevropa Ittifoqi, Singapur va Janubiy Koreyada muvaffaqiyatli qo‘llab kelinmoqda.