Tarmoqlarda Mobiuz mobil aloqa operatori serveriga kiberhujum qilingani xabari tarqaldi. Kompaniya hujum asosiy tizimlarga ulanmagan sinov serverlaridan biriga qilinganini ma’lum qildi. “Xizmatlar faoliyati buzilmagan, mijozlarning shaxsiy ma’lumotlari sizib chiqmagan”, — deyiladi bayonotda.