21-martga o‘tar kechasi Yerda so‘nggi 2 oydagi eng kuchli magnit bo‘roni qo‘zg‘aldi. Iqlimshunos Erkin Abdulahatovga ko‘ra, Quyoshdagi chaqnashlar sabab yuzaga kelgan “qizil” xavf 24-martgacha cho‘zilishi mumkin. Mutaxassislar bu davrda salomatlikka e’tiborli bo‘lish va ortiqcha zo‘riqishlardan qochishni tavsiya etadi.