Jahon banki O‘zbekistonga 10,6 mln dollar miqdorida grant ajratishni ma’qulladi. Ushbu mablag‘lar eskirgan gaz uzatish infratuzilmasidagi sizib chiqish holatlarini kamaytirish hamda mamlakatdagi uy xo‘jaliklari va sanoat korxonalarini ta’minlash uchun tabiiy gazni tejashga yo‘naltiriladi.