O‘zbekistondan keltirilgan 18 tonnadan ortiq shaftoli qurtlab ketgani uchun Novosibirskdan ortga qaytarildi. Bunday holat Novosibirskda ikkinchi marotaba kuzatilmoqda. Iyunda O‘zbekistondan keltirilgan 20 tonnaga yaqin pomidor "tarkibida zararkunanda topilgani" uchun maxsus poligonda yo‘q qilingandi.