O‘zbekiston va Qatar ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirmoqchi
![O‘zbekiston va Qatar ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirmoqchi](https://www.gazeta.uz/media/img/2024/05/BdwHDc17154080808055_b.jpg)
Elchi Ashraf Xodjayev Qatar ta’lim vaziri Busaina bint Ali An-Nuaymiy bilan uchrashdi. Ular Qatar universitetlarida o‘zbekistonlik talabalar uchun kvotalar ajratish, ikki davlat maktab va OTMlari o‘rtasida almashinuv, qo‘shma ilmiy izlanishlar olib borish kabi masalalarni muhokama qildi.