Namangandagi bog‘chaning o‘nlab bolalari bir Damas`ga o‘tqazilib, qabristonga ziyoratga olib borildi
![Namangandagi bog‘chaning o‘nlab bolalari bir Damas`ga o‘tqazilib, qabristonga ziyoratga olib borildi](https://www.gazeta.uz/media/img/2024/05/Wanjoo17156618147963_b.jpg)
Chortoq tumanidagi oilaviy bog‘chaning 17 nafar tarbiyalanuvchisi avval Xotira maydoniga, so‘ng qabristonga ziyorat uchun olib borildi. Bolalar bitta Damas`ga o‘tqazilgani va taqiqlansa-da, qabristonga olib borilgani uchun bog‘cha rahbari “jiddiy ogohlantirildi”.