Добавить новость
World News
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Ostona politsiyasi bozor sumkadan topilgan jasadning o‘zbekistonlik ayolniki ekanini aniqladi

Qozog‘istonning Ostona shahridagi bozorga xo‘jalik sumkasida tashlab keltilgan jasadning 26 yashar o‘zbekistonlik muhojir ayolniki ekani aniqlandi. Ostona politsiyasining Ozodlikka bildirishicha¸ bu ayolni tashlab ketgan shaxs ushlagan va hozirda tergov amaliyotlari davom etmoqda.


Ostona Ichki ishlar departamenti rasmiy vakili Sofiya Qolishbekovaning Ozodlikka aytishicha, 30 yashar o‘zbekistonlik erkak marhuma bilan Qozog‘iston poytaxtida nikohsiz yashab kelgan.


- Turkiston viloyatida yashovchi 30 yashar bu shaxs hibs etildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular birga 3 yilcha nikohda bo‘lishgan. Ularda hatto bolasi ham bo‘lgan – 2 yashar o‘g‘il bola hozirda shahar bolalar shifoxonasiga joylashtirildi. Nikohlari qayddan o‘tmagan ekan. Bu yerda qotillik bo‘lmagan - ayol jasadi ekspertizadan o‘tkazilib, uning sil kasalidan nobud bo‘lgani ma’lum bo‘ldi, deydi politsiya rasmiysi.


Ismi sir tutilayotgan bu odam so‘roq paytida og‘ir va uzoq vaqt xasta bo‘lgan ayolning ijaraga olingan yotoqxonada jon berganini so‘zlab bergan.


Ko‘mishga yetarli mablag‘i bo‘lmagan turkistonlik erkak murdani sumkada ko‘chaga tashlab ketishga qaror qilgan, deya davom etadi Sofiya Qolishbekova:


- Kecha bergan ko‘rsatmasiga binoan, ayoli o‘lganidan keyin u nima qilishni bilmasdan boshi qotgan. Moliyaviy tomondan qiyin yashayotganini aytgan bu shaxs sumkada o‘likni uzoq bo‘lmagan “Shanxay” bozoriga tashlab kelishga qaror qilgan. U qochib ketadi, ammo politsiya xodimlarimiz uni topib, Turkiston viloyatida qo‘lga olishdi. Hozir bu shaxs tergov izolyatorida, tergov davom etayapti, dedi Ostona politsiya vakilasi.


Bu odam 2 yashar o‘g‘lini tanishlariga tashlab ketgani aniqlangach, nazorat inspektorlari bolani olib, Ostona shahar bolalar shifoxonasiga joylashtirgan


26 yashar o‘zbekistonlik ayol jasadi Ostonaning “Shanxay” bozoriga tutashgan Alash shossesi bo‘yida 13 sentabr kuni kechki soat 8 larda topilgan edi.

Читайте на сайте


Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. Абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city
Музыкальные новости
Новости России
Экология в России и мире
Спорт в России и мире
Moscow.media






Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *