Добавить новость
World News
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Maktab o‘quvchisi 50 yoshli erkakni boshiga temir bilan urib o‘ldirganlikda ayblanmoqda

Toshkentdagi 69-sonli maktabning 10-sinf o‘quvchisi vaxshiy qotillikda gumonlanib hibsga olindi. Voqeadan xabardor maktab o‘quvchilaridan birining Ozodlikka aytishicha, 12 aprel kuni Toshkentning Yashnobod tumanida 16 yoshli o‘quvchi ellik yoshlar atrofidagi kishini boshiga temir bilan urib o‘ldirib qo‘ygan. Voqea joyidan qochib, yashringan o‘quvchi shu kuni ushlangan va hibsga olingan. Yashnobod tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimi Ozodlikka  mazkur xolat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochilgani va tergov harakatlari olib borilayotganini aytdi.


Qotillik sabablari aniq emas. 69-sonli maktabning voqeadan xabardor o‘quvchilaridan birining Ozodlikka aytishicha, maktabning to‘rt nafar o‘quvchisi dars payti ko‘chada baqir-chaqir qilib yurishganida ellik yoshlar atrofidagi erkak ularni tartibga chaqirgan.


Bunga javoban o‘quvchilardan biri qo‘liga temirni olib erkakni boshiga urgan.


- Rus guruhida o‘qiydigan bola temir bilan boshiga urib o‘ldirib qo‘yibdi. Haligi erkak bularni tartibga chaqirgan ekan. O‘likni yashirib, voqea joyidan qochishgan. Kecha maktabimizda katta majlis bo‘ldi. Hozir militsiya qotilni qidirayotgan ekan, - dedi ismi ochiqlanmasligini istagan o‘quvchi.


Yashnobod tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimi Ozodlikka shunday hodisa bo‘lganini tasdiqladi,  mazkur xolat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochilgani va tergov harakatlari olib borilayotganini bildirdi.


- Bu bo‘yicha ish ochilgan, tergov ketyapti, shuning uchun bu haqda sizga boshqa hech narsa ayta olmayman, - dedi IIB xodimi.


69-sonli maktab rahbarlaridan biri Ozodlikka bir nafar o‘quvchisi qotillikda gumonlanib hibsga olinganini tasdiqladi.


- Bu hodisa dars payti emas darsdan keyin bo‘lgan. U yerda to‘rtta bola emas, bir bola bo‘lgan, rus guruhida o‘qiydigan o‘quvchimiz, hozir uni hibsga olishgan. Nima bo‘lgani tergov tugaganidan so‘ng ayon bo‘ladi, - dedi maktab rahbarlaridan biri.


O‘zbekiston aholisining qariyb 40 foizini 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar, ya’ni voyaga yetmaganlar tashkil qiladi.


O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yili voyaga yetmaganlar tomonidan 1 ming 700dan ortiq jinoyat qayd etilgan.


Shulardan 778 tasi o‘g‘irlik, 79 tasi bezorilik, 77 tasi talonchilik, 45 tasi qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish, 42 tasi bosqinchilik va 29 tasi firibgarlik jinoyatlaridir.

Читайте на сайте


Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. Абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city
Музыкальные новости
Новости России
Экология в России и мире
Спорт в России и мире
Moscow.media






Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *