Мы в Telegram
Добавить новость
World News
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Eurasianet: O‘zbekiston nega “Qozoq qishi”dan qo‘rqmaydi?

Eurasianet: O‘zbekiston nega “Qozoq qishi”dan qo‘rqmaydi?

Eurasianet nashri bishkeklik siyosiy tahlilchi Alisher Hamidovning Qozog‘istondagi qo‘zg‘olonlarning O‘zbekistonga ta’siri haqidagi maqolasini e’lon qildi. Muallif ikki mamlakat o‘rtasidagi farqlar va bu farqlar hisobga olinsa, O‘zbekistonda ham qo‘zg‘olonlar ko‘tarilishi ehtimoli qanchalik ekani haqidagi savollarga javob berishga uringan.

Markaziy Osiyodagi aholisi eng ko‘p bo‘lgan davlat O‘zbekiston rasmiylari chegara osha qo‘shni davlatlarda bo‘layotgan tartibsizliklardan qo‘rqadi. 2022 - yil boshida Qozog‘iston barqaror, farovon va mustaqil bo‘lib ko‘rinardi; bir hafta ichida uning eng katta shahri yondi, uning xavfsizlik xizmati boshlig‘i qamaldi va rus qo‘shinlari mamlakat prezidenti hokimiyatini kafolatladi.

Bularning barchasi Markaziy Osiyodagi boshqa avtoritar rahbarlar uchun dahshatli tushdek. Ammo ular bir xil xavf-xatarlarga duch kelmoqdami?

2 - yanvar kuni Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida yoqilg‘i narxi va siyosiy ishtirokning yo‘qligi sababli boshlangan tinch norozilik namoyishlariga sabab bo‘lgan narsada qo‘shnilari bilan umumiy jihatlar ko‘p: iqtisodiy tengsizlik, soxta saylovlar va korrupsiya. Bunga yana bir qancha ijtimoiy kasalliklarni – jadal sur’atda o‘sib borayotgan yosh aholi, ishsizlik va yuqori inflyatsiyani ham qo‘shsangiz, bu davlatlarni ham kuni kelib tartibsizlik qamrab olishi mumkindek tuyuladi.

Ammo diqqat bilan qaralsa, Qozog‘iston va uning qo‘shnilari o‘rtasida jiddiy tafovut borligini ko‘rish mumkin.

Ulardan biri hukmron elitaning siyosiy davomiyligi va qonuniyligidir. Qozog‘istondagi tartibsizliklarning urug‘lari 2019 - yilda prezident Nursulton Nazarboyev qariyb 30 yildan so‘ng hokimiyatni o‘z izdoshi Qasim-Jomart Toqayevga topshirib, xavfsizlik kuchlari ustidan nazoratni saqlab qolgan holda iste’foga chiqib, hokimiyatni taqsimlaganda ekildi.

Dastlab barqaror avtoritar rejimda hokimiyat almashinuvining yaxshi namunasi sifatida e’tirof etilgan bu o‘tish bir necha kuch markazlarini yaratdi va markaziy hukumatning ijtimoiy tartibsizliklarga samarali javob berish qobiliyatiga putur yetkazdi.

“Prezident armiya va xavfsizlik kuchlariga rahbarlik qilmasa, bu qanday hokimiyat almashinuvi bo‘ldi? – deydi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining sobiq maslahatchisi. – O‘zbekistonda bunday bo‘lmaydi”.

Ayrim qozog‘istonlik siyosiy kuzatuvchilar ham shunday fikrda: Toqayev ma’muriyati, Nazarboyev oilasi va hukumatdagi Nazarboyev tarafdorlari hokimiyat va resurslar uchun kurash bilan band bo‘lib, qarama-qarshi maqsadlarni ko‘zlagan va ommaviy norozilik kuchayib borayotganini e’tibordan chetda qoldirgan.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining ismi sir qolishini istagan sobiq maslahatchisi Toshkentda elita o‘rtasida kurash ketayotganini tan oladi, biroq 2016 - yilda Islom Karimov vafotidan so‘ng hokimiyatga kelganidan beri Prezident Shavkat Mirziyoyev butun siyosiy, xavfsizlik va iqtisodiy kuchlarni o‘z qo‘lida to‘plaganiga ishora qiladi.

Qozog‘iston bilan solishtirganda ikkinchi farq iqtisod bilan, ya’ni boylik va resurslarni taqsimlash va boshqarish bilan bog‘liq. Qozog‘istonda bo‘lgani kabi, Markaziy Osiyoning har bir respublikasida boylikning katta qismi prezident oilasiga yaqin bo‘lgan oz sonli elita qo‘lida to‘plangan. Qozog‘istonda bu chekka hududlardagi qashshoq aholining noroziligiga sabab bo‘ldi. Shubhasiz, O‘zbekistonda tengsizlik mavjud, ammo unchalik aniq emas, shu bilan birga hukumat sovet uslubidagi ijtimoiy xavfsizlik tarmog‘ini va narxlarni nazorat qilishni davom ettirmoqda.

Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlari ko‘rsatishicha, davlatning ijtimoiy xarajatlari, jumladan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalari so‘nggi yillarda 2015 - yildagi 2 foizdan 2020 - yilga kelib 36 foizga oshgan. Davlat korxonalari iqtisodiyotdagi ustunlikni saqlab, aholining salmoqli qismini ish bilan ta’minlamoqda. Bu esa aholining davlatga sodiqligini ta’minlaydi.

Nazarboyev davrida Qozog‘iston hukumati iqtisodning katta qismini xususiylashtirib, foydali neft va gaz konsernlarini London va Nyu-Yorkdan boshqarayotgan xususiy sarmoyadorlarga topshirdi. Shu bois, G‘arbiy Qozog‘istonda ko‘plab haydovchilar foydalanadigan gaz subsidiyalari 1 - yanvarda tugatilib, yoqilg‘i quyish shoxobchalarida narx ikki baravar ko‘tarilgach, ko‘pchilik odamlarga hukumat rasmiylari boyish uchun shunday qilayotgandek tuyuldi.

O‘zbekistonda Vazirlar mahkamasining sobiq rasmiysi hukumat ayrim xususiy kompaniyalarga neft va gaz kabi hayotiy muhim mahsulotlar narxini belgilashga ruxsat bermasligini aytdi. “Bu tartibsizlikka olib boradi”, deydi u.

Shuningdek, bu ko‘plab potensial o‘zbek, tojik va turkman isyonkorlar – yosh ishsizlarni Rossiya va boshqa mamlakatlarda mehnat muhojiri sifatida ishlash uchun mamlakatni tark etishga majbur qiladi.

Uchinchi asosiy farq ijtimoiy nazoratdir. Tojikiston va Turkmaniston kabi O‘zbekistonda ham davlat xavfsizlik xizmatlari chuqur ildiz otgan. Jamiyatning barcha qatlamlarida, mahallalardan tortib, davlat kompaniyalarigacha, zich joylashtirilgan agentlar va gap tashuvchilar tarmoqlari faoliyat ko‘rsatadi.

Qizig‘i shundaki, Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi nisbatan siyosiy va iqtisodiy liberallashuv tufayli bu mamlakatlar informatorlar bilan kamroq to‘yingan. Toqayev tartibsizliklarning oldini ololmagani uchun Milliy xavfsizlik qo‘mitasini qattiq tanqid qilganidan taxmin qilish mumkinki, u xavfsizlik xizmatlarining ta’sir doirasini kengaytirishi ehtimoldan xoli emas.

Hukumatning tinch namoyishlarga nisbatan qat’iy siyosati merosi ham muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekistonda o‘zbek askarlari yuzlab namoyishchilarni o‘ldirgan 2005 - yilgi Andijon qo‘zg‘oloni xotiralari ehtimoliy namoyishchilar uchun to‘siq bo‘lmoqda.

Qo‘zg‘olonlarga qarshi kurashish qobiliyatiga ishonishiga qaramay, Toshkent o‘zining ulkan qo‘shnisida ro‘y berayotgan voqealardan xavotirda ekani aniq. Hukumat kommunal xizmatlar narxlari bo‘yicha rejalashtirilgan bozor islohotlarini bekor qilayotgani, shuningdek, elektr energiyasi uzilishlari mavsumida ichki ehtiyojni to‘la qondirish uchun gaz va elektr energiyasi eksportini to‘xtatayotgani alomatlari allaqachon ko‘rinmoqda. U, shuningdek, blogerlar va jurnalistlarni Qozog‘istondagi tartibsizliklarni muhokama qilishdan qaytarish uchun eskicha avtoritar usullarga tayangan.

Siz bilgan shayton

Qozog‘istondagi tartibsizliklardan so‘ng O‘zbekiston rahbarlari boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Rossiya barqarorlikni saqlash uchun Toshkentni Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga (KXShT) qo‘shilishga yana undamoqda. Bu tashkilot Toqayevning iltimosiga ko‘ra asosan rossiyalik harbiylardan iborat tinchlikparvar kuchlarni yuborgan. G‘arb hukumatlari siyosiy va iqtisodiy jihatdan liberallashmasalar, bu mamlakatlar ijtimoiy ziddiyatlarga duch kelaverishini ta’kidlamoqda.

Toshkentdagi hukumat insayderlari bilan bo‘lgan suhbatlar ular hech bir tomonga quloq solmasligidan dalolat beradi. Ularning aytishicha, mintaqa G‘arb uslubidagi demokratiyaga hali tayyor emas. Siyosiy islohotlar yangilar uchun iqtisod va siyosatni ochib beradi, hozirgi elita esa buni qabul qilishni istamaydi. Mirziyoyev xususiylashtirish bo‘yicha ko‘p ishlar qildi, lekin ko‘p jihatdan bu uning islohotchi sifatidagi obro‘sini mustahkamlashga qaratilgan piar edi; bu ham ancha sustlashdi.

Toqayevning KXShTni taklif qilish qaroridan xursand bo‘lmagan O‘zbekiston va Turkmaniston hukumatlari yaqin orada a’zo bo‘lmaydi. Biroq dushanbelik tahlilchining fikricha, agar ishlar haqiqatdan ham noto‘g‘ri ketsa, ular hokimiyatdan haydalib, qamoqqa tushishdan ko‘ra, o‘z vijdonlarini sotishni afzal ko‘rishadi.

Markaziy Osiyoda, hech bo‘lmaganda yaqin kelajakda Toqayev Moskvadan mustaqilligini namoyish eta oladimi, degan katta savol tug‘iladi.

O‘zbekistonlik tahlilchi Farhod Tolipov KXShTning Qozog‘istondagi ishtirokini sharhlar ekan, “Agar bundan keyin Qozog‘istonning ko‘p vektorli diplomatiyasi yagona Rossiyaga yo‘naltirilgan tashqi siyosatga aylansa, bu O‘zbekiston uchun emas, balki Markaziy Osiyoda integratsiya jarayonlari uchun xavf tug‘diradi. Qozog‘iston o‘z mintaqasidagi integratsiyadan chetda qoladi”¸ deydi.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

В ОНК утверждают, что сбежавшая из дома чеченка Лия Заурбекова покинула Россию

Как выглядит новая возлюбленная Александра Балуева и мать Глеба Матвейчука

В Саратове проходит региональный чемпионат "Абилимпикс" - 2024

Более 170 тыс сделок с недвижимостью зарегистрировали за апрель в Подмосковье

Музыкальные новости

В Бурятии прошла Байкальская театральная школа прошла - Россия, Культура и Дети

РБК: иск Генпрокуратуры об изъятии акций КСПЗ у частных владельцев удовлетворили

Азербайджанский мигрант возмутился из-за того, что в Калининграде суд назначил 4,5 года лишения свободы за убийство в ДТП школьницы. Видео

Звезды спорта. Кто они такие и почему их так называют?

Новости России

Как выглядит новая возлюбленная Александра Балуева и мать Глеба Матвейчука

ТАСС: Задержан зампред правительства Алтайского края Кибардин

СК: в станичном парке на Кубани подростки избили участника СВО

Минобрнауки РФ формирует принципы вознаграждения ученых за интеллектуальный труд

Экология в России и мире

Не чувствую руку: Доктор Кутушов рассказал к чему приводит частое онемение конечностей

10 полезных продуктов для сердца

Студенты городских образовательных учреждений проходят практику в Marins Park Hotel Новосибирск

Участники Всероссийской олимпиады школьников по математике выбрали Marins Park Hotel Нижний Новгород

Спорт в России и мире

Соболенко вышла в полуфинал турнира WTA в Риме

Свищёв: МОК и ITF не будут реагировать на призывы наказать Хачанова

Виктория Азаренко пробилась в четвертьфинал турнира WTA в Риме

Азаренко вышла в четвертьфинал турнира WTA-1000 в Риме

Moscow.media

Фикс-тариф будет доступен всем пользователям BelkaCar

Под красным куполом

Разделение изотопа

15 мая в системе Следственного комитета Российской Федерации отмечается 157-я годовщина со Дня образования военных следственных органов







Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *