Bloger Asalhoney Toshkentdagi uyida "o‘lik holda topildi"
Shu yilning 18-mart kuni bloger Asalhoney - Asal Xo‘jayeva Toshkentdagi uyida o‘lik holda topilgan.
Marhuma jasadida "qotillik alomatlari aniqlangani"ni xabar qilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga ko‘ra, hodisa yuzasidan Jinoyat Kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyatni fosh etishga qaratilgan tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda”.
Qotillikning ehtimoliy motivlari borasida hech qanday rasmiy faraz ilgari surilgani yo‘q. Tarmoqlarda uning tanishlariga iqtibosan pichoqlab o‘ldirilgani haqida xabarlar tarqalgan.
Mirziyoyevga ovoz bergan bloger
Asalhoney taxallusi bilan Instagram tarmog‘ida mashhur bo‘lgan bloger Asal Xo‘jayeva o‘tgan yil 24-oktabrida o‘zining Feysbuk sahifasida prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevni tanlab, siyosiy irodasini namoyish qilganini ta’kidlagandi.
“MIR21YOYEV” yozuvli futbolkasini ko‘z-ko‘z qilgan Asal Xo‘jayeva: “Man ertalabdan fuqarolik burchimni bajardim sizlarchi ….?”, deb yozgan saylov qutisi oldida suratga tushgan .
Huquqbuzar Asalhoney...
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatiga ko‘ra, 2020-yilning noyabr oyida Asal Xo‘jayeva Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 41-moddasi (Haqorat) va 183-moddasi (Mayda bezorilik) bo‘yicha 5 sutkaga ma’muriy qamoqqa olish va 4,46 mln so‘m miqdorida jarima jazosi bilan jazolangan.
Ma’muriy ish materiallarida uning Instagramda bir erkak bilan yozishmalarini joylashtirgani, oqibatda unga noma’lum shaxslardan tahdidlar bo‘lgani aytiladi.
Instagram ijtimoiy tarmog‘ida 212 mingdan ortiq obunachilariga ega bo‘lgan Xo‘jayeva "nomunosib xulqi bois" bir necha marta ma’muriy jazoga tortilgan. 31 yashar erotik bloger Asal Xo‘jayeva o‘shanda bir muddatlik tanaffusdan keyin TikTokda paydo bo‘lgandi.
2020-yilning dekabrida bloger ikki marta Miro Ulug‘bek tumani IIBga chaqirtirlib, rasman ogohlantirilgan. Hovuzda cho‘milgani holati aks etgan, turli kiyimlarda tushgan shaxsiy suratlarini e’lon qilgani uchun rasmiylar va tarmoq foydalanuvchilari g‘azabiga nishon bo‘lgan bloger adolatsizlikdan noligan.