O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning mamlakat ichkarisi va xorijdagi vatandoshlari savollariga javob beradigan kun yaqinlashgan sayin, vazirga beriladigan savollar Ozodlikka ham kelmoqda. Xususan¸ yillardan beri Turkiyada ishlayotgan o‘zbeklar 5 iyul kuni o‘zlarini xavotirga solayotgan sarlavhadagi savolga Komilovdan javob olishga umid qilmoqda.