O‘zbekiston Xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning san’atkorlar xizmatidan tekin foydalanib kelayotgan prokuror va boshqa kuch ishlatar tizimlari amaldorlari sha’niga bildirgan tanqidi ijtimoiy tarmoqlarda bahsu munozaraga sabab bo‘ldi. Ushbu tortishuv to‘ylarda jaraq-jaraq dollar topayotgan san’atkorlarning o‘zini soliqqa tortish talabini o‘rtaga chiqardi.