Shu kunlarda Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi shifokor va hamshiralar qishloq xo‘jalik va obodonchilik ishlariga majburlanmoqda. Ozodlik gaplashgan vrachlarga ko‘ra, tibbiyotchilarni boshqa ishlarga majburlash Karimov davridagidan ham kuchaygan. Tibbiyot birlashmasi rahbari o‘z xodimlarining qishloq xo‘jalik ishlariga jalb qilinayotganini tan oldi.