Aholiga ob’ektiv va ishonchli xabar yetkazish vazifasi yuklatilgan yangi “O‘zbekiston 24” telekanalining birinchi ish kuni uni tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni bundan qariyb 3 oy muqaddam imzolagan prezident Mirziyoevning tug‘ilgan kuniga to‘g‘ri keldi. Birinchi kuni efirga uzatilgan ilk informatsion dastur prezident Mirziyoev nomiga kelgan tabriknomalar ro‘yxatini o‘qish bilan boshlandi.