O‘zbekiston militsiyasi talabi bilan “odam savdosi”da ayblanib bundan qariyb 2 yil oldin Sankt-Peterburgda hibs etilgan “Yoshlar” harakati rahbari Maxsud Abdujabborov uzoq davom etgan tortishuvlardan keyin O‘zbekistonga berib yuborildi. O‘zbekistonga berib yuborilishidan bir necha kun oldin Maxsud Abdujabborov Ozodlikka Chelyabinsk tergov izolyatoridan turib intervyu berishga ulgurdi.