O‘zbekistonda davlat xaridlarini amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi direktsiyasi faoliyati tugatildi. O‘zbekiston prezidentining 31 iyul kuni imzolagan “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlar tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ayni tashkilot davlat va korporativ xaridlarni tenderlar o‘tkazmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida yopiq amalga oshirib kelgani tanqid qilingan.