O‘zbekistondagi oliygohlarda 1 avgust kuni kirish imtihonlarini topshirib chiqqan yoshlar, auditoriyalarda ko‘rgan-bilganlari haqida Ozodlikka yozishdi. Abiturientlarning aytishlaricha, bu yil ham aksariyat oliygohlarda shpargalka va telefondan foydalanish bemalol bo‘lgan va ayrim holatlarda bunga adolatni kuzatib turishga vazifador qilingan mas’ul xodimlarning o‘zlari ko‘mak bergan.