Yaponiyadan Ozodmikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan o‘zbekistonlik talaba, ularni chaqirtirib olgan odam ishga joylash uchun pul talab qilayotgani, hali tilni yaxshi o‘rganmagan talabalar kontrakt pulini to‘plash uchun qo‘shimcha ravishda mustaqil ish topa olmayotganidan shikoyat qildi. Talabaning aytishicha, ularning ojizligidan fodalanib, “o‘zimizning o‘zbeklar” ular ustida pul ishlab olmoqchi.