O‘zbekistonda go‘sht narxining keskin oshishi ortidan¸ mahalliy kuzatuvchilarga ko‘ra¸ bu yilgi Qurbon hayitida jonliq so‘yuvchilar soni sezilarli darajada kamaygan. Shu kunlarda o‘rtacha qo‘y 1 million so‘m (qora bozor kursida 125 AQSh dollari), qoramol esa 4-5 million so‘m (qora bozor kursida 600-650 AQSh dollari) atrofida sotilmoqda.