Toshkent markazidagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ining ochiq tendersiz «Stargate Systems» xususiy shirkatiga berilishiga ijtimoiy tarmoqlarda norozilik bildirilmoqda. Norozilik bildirayotganlar¸ poytaxt markazida Disneylandga o‘xshash park qurilishining ekologik oqibatidan tortib¸ uning transport tizimini ishdan chiqarishiga qadar e’tibor qaratmoqda.