Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Shimoliy Koreya yetakchisi: Tramp o‘z tahdidlari uchun javob beradi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 22 sentabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreyani butunlay yo‘q qilishini aytib, tahdid solgani uchun javob berishini aytdi:


- Men aqldan ozgan AQShlik qari ahmoqni aniq va so‘zsiz olov bilan jilovlab qo‘yaman, - dedi Kim.


21 sentabr kuni Tramp Pxenyan bilan hamkorlik qiluvchi shaxs va shirkatlarni mo‘ljalga oluvchi yangi sanksiyalarni joriy qilish bo‘yicha farmon chiqardi.


Tramp Shimoliy Koreya tuzumi molliyaviy qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi.


Prezident, shuningdek, yangi farmon Pxenyanning yadroviy qurol ishlab chiqarishiga to‘sqinlik qilishini aytdi.


Shimoliy Koreya Kim yetakchiligida bir necha o‘n marta raketa sinovini o‘tkazdi. Mamlakat qit’alararo ballistik raketalarni ishlab chiqishga bel bog‘lagan.


22 sentabr kuni Kim Tramp so‘zlarini ehtiyotkorlik bilan tanlashi kerak, dedi:


- AQSh bosh qo‘mondoni bo‘lgan shaxsning [Shimoliy Koreyani] butunlay yo‘q qilishga chaqirib so‘zlagan nutqi qimmatga tushadi.


O‘sha kuni kuni Janubiy Koreya matbuoti shimoliy koreyalik diplomatga tayanib, Pxenyan AQShga javob qaytarish uchun Tinch okeanida vodorod bombasini sinovdan o‘tkazishi mumkinligi haqida xabar qildi.


Bunga javoban Yaponiya Mudofaa vaziri Itsunori Onodera:


- Agar [shimoliy koreyaliklar] Tinch okeanida qit’alararo ballistik raketa bilan vodorod bombasini sinovdan o‘tkazadigan bo‘lsa, avvalgi sinovlarga tayangan holda shuni aytamanki, raketa mamlakatimiz uzra uchib o‘tishi ehtimoldan xoli emas. Bunday harakatlarga yo‘l qo‘yilmasligi kerak, - dedi.


19 sentabr kuni Tramp BMT Bosh Assambleyasi a’zolarini Shimoliy Koreyaga qarshi qat’iy turishga chaqirdi. Prezident Kimni “Raketaboz” deya atadi va Kim “xudkushlik missiyasini” boshlaganini ta’kidladi.


21 sentabr kuni Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Shimoliy Koreya yadroviy dasto‘ri bo‘yicha yuzaga kelgan vaziyatni “sovuqqonlik bilan” hal etishga chaqirdi.


Mun Pxenyanni muzokaralarda ishtirok etishga chorlash uchun sanksiyalar lozim bo‘lsa-da, Seul Shimoliy Koreya barbod bo‘lishini istamasligini aytdi.


BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreyaning yadroviy va raketa dasturlariga qarshi bir necha marta sanktsiya joriy qilgan.


18 sentabr kuni Pxenyan ko‘proq sanksiyalar o‘z yadroviy dasturini faqatgina tezlatishini ta’kidladi.


Tramp yangi sanksiyalar e’lon qilar ekan, Xitoy markaziy banki boshqa banklariga Shimoliy Koreya bilan hamkorlik qilmaslikni buyurganini aytdi. Shuningdek, prezident yangi choralar dengiz va savdo tarmoqlariga ham ta’sir qilishini bildirdi.

Читайте на сайте


Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. Абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city
Музыкальные новости
Новости России
Экология в России и мире
Спорт в России и мире
Moscow.media






Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *