O‘zbekistondagi barcha bilim yurtlarining paxtaga jalb qilingan talabalari va o‘qituvchilari 22 sentyabr kuni shoshilinch ravishda ortga qaytarildi. Bir kun avval O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov paxtaga jalb qilingan talabalar, o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarini 22 sentabr, soat 17:00 ga qadar ortga qaytarish bo‘yicha topshiriq bergani to‘g‘risida kun.uz sayti o‘zining “ishonchli manbasiga” tayanib xabar qilgan edi.