Eron rasmiy televideniesi 23 sentabr kuni fazoga uchirilayotgan “Xurramshahr” raketasini namoyish qildi. Bu raketa 1 kun avval o‘tkazilgan dabdabali harbiy paradda ko‘rsatilgan edi. AQSh prezidenti Donald Tramp bu raketa sinovi yadro dasturi bo‘yicha Eron bilan erishilgan bitimni shubha ostiga qo‘yadi, deb bayonot berdi.