“Oq bino oqshomlari” hikoyasi bilan tanilgan 63 yashar yozuvchi Nurullo Otaxonov O‘zbekistonga qaytishga qaror qildi. Ikki yildan beri Turkiyada yashayotgan yozuvchi “O‘zbekiston havo yo‘llari” shirkatining seshanba kungi Istanbul-Toshkent uchog‘iga chiqish arafasida Ozodlikka O‘zbekiston prezidentining "chet ellardagi vatandoshlar yurtga qaytsin" degan chaqirig‘iga javoban vatanga qaytayotganini aytdi.