Turkiyadagi muhojirotdan vataniga qaytgach Toshkent aeroportida ushlanib, 27 sentabrda Toshturmaga qamalgan yozuvchi Nurullo Otaxonovni sudda himoya qilishdan bir necha advokat bosh tortdi. O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi rais o‘rinbosari G‘ayrat Majidov Ozodlik bilan savoliga javoban “Nurullo Otaxonov uyushmadan o‘chirilganligini” aytdi. Ayni paytda adibning ba’zi hamkasblari uning himoyasiga o‘z bayonotlarini e’lon qildi.