Andijondagi 2005 yil 13 maydagi qonli voqealardan so‘ng O‘zbekistonni tark etib, o‘n ikki yil AQShda yashagan 76 yashar Najmiddin Umarov o‘tgan haftada vataniga qaytdi. Najmiddin Umarov Andijonga kelganidan so‘ng to‘rt kun mobaynida viloyat ichki ishlar boshqarmasida ushlab turilgani va uyiga qo‘yib yuborilgani aytiladi. Lekin, Umarovning yaqinlariga ko‘ra, u aeroportda uch soat ushlab turilganidan so‘ng qo‘yib yuborilgan.