Xorazm viloyati Urganch shahridan qo‘ng‘iroq ilgan yolg‘iz ona Sayyora Navro‘zova prokuratura xodimlarining aholi shikoyatlariga befarqligi yuzasidan OzodMikrofonga arz qildi. Sayyoraning aytishicha, gaz idorasi xodimlari uni gazdan asossiz ravishda qarzdor qilgan va gaz quvurini kesib tashlagan. Nogiron farzandi bilan sovuq uyda qolgan Navro‘zova prokuratura xodimlari uning shikoyatini adolatli hal qilmayotganidan arz qildi.