Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi aksariyat umumiy ovqatlanish shoxobchalarining gaz quvurlari tarmoqdan uzib tashlandi. Bu haqda Ozodlikka shikoyat qilgan tadbirkorlarning aytishicha, gaz idorasi mulozimlari bahorgacha gaz bo‘lmasligi haqida ogohlantirgan. Rasmiylar bunga Vazirlar Mahkamasi qarorini ro‘kach qilmoqda.