O‘tgan yilning noyabr oyida o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan Xorazm va Toshkent viloyatidagi shakar zavodlari butunlay yopilishi mumkin. Ishchilarini o‘z hisobidan 2 oylik ta’tilga jo‘natgan ikkala zavod majburiy ta’tilni 10 aprelgacha uzaytirdi. Mulozimlarga ko‘ra, zavodlarning konvertatsiya bilan bog‘liq muammolarini hal qilish imkoni topilmayapti.