Samarqand teatri “25 yillik qo‘rquvdan qutulish” haqida spektakl qo‘ydi
Yuz yosh bilan yuzlashgan Samarqand teatri “Qo‘rquvga qarshi jasorat” mavzusidagi spektaklni namoyish qildi. Taniqli turk dramaturgi Tunjar Jujano‘g‘li (Tuncer Cucenoglu) qalamiga mansub psixologik dramada bir qishloq aholisining qanday qilib qo‘rquvdan holos bo‘lgani aks ettiriladi. “Ko‘chki” deya nomlangan bu asar shu kungacha dunyoning 50 dan ortiq sahnalarida qo‘yilgan bu asar munaqqidlarga ko‘ra, Samarqand teatri sahnasida o‘ta dolzarblik kasb etgan.